Bu prezidentning «Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida belgilangan.
Hujjatga köra, mamlakatda integratsiyalaşgan ta’lim dasturlarini rivojlantiriş maqsadida Buyuk Britaniyaning IQF (Integrated Qualifications Framework) ta’lim taşkiloti bilan hamkorlikda taşkil etilgan Xalqaro malakalar va baholaş markazining vakolatlari kengaytiriladi.
Markazga, jumladan, işlab çiqilgan integratsiyalaşgan dasturlarni QS (Quacquarelli Symonds) va Times Higher Education (THE) xalqaro reytinglarining top-100 taligiga kiruvçi hamkor universitetlar akademik talablari bilan taqqoslaş va muvofiqlaştiriş vazifasi yuklatildi.
Şuningdek, mazkur oliygohlar tomonidan tan olinadigan bakalavriat bosqiçidagi «1+3», «2+2», magistraturadagi «1+1» ta’lim modellarini işlab çiqiş ham nazarda tutilgan.
Qaror bilan Özbekistonda yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomlarini berişga qaratilgan tuzilmalarni - kampuslar, filiallar, franşizalar va ta’lim dasturlarini amalga oşiriş markazlarini taşkil etiş böyiça kelişuvlarga erişiş çoralari ham belgilandi.
Şuningdek, Buyuk Britaniyaning ilğor tajribasi asosida integratsiyalaşgan ta’lim dasturlarini keng joriy qiliş maqsadida Toşkent arxitektura-quriliş universiteti huzurida Integratsiyalaşgan dasturlar oliy maktabi tajriba-sinov tariqasida taşkil etiladi.
Mazkur taşabbus Özbekistonda xalqaro ta’lim dasturlarini kengaytiriş, talabalarga nufuzli xorijiy universitetlar bilan qöşma ta’lim oliş imkoniyatlarini yaratiş hamda mamlakat oliy ta’lim tizimining xalqaro raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.













