Mazkur talablar Yevropa Ittifoqining Ekodizayn reglamenti (ESPR) doirasida 19 iyul kuni kuçga kirdi. Yangi tartib mahsulotlarning xizmat muddatini uzaytiriş, çiqindilar hajmini qisqartiriş va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirişga qaratilgan.

Qaysi holatlarda istisno qöllanadi?

Qoidalarga köra, faqat ayrim holatlarda mahsulotlarni yöq qilişga ruxsat beriladi. Xususan, agar mahsulot xavfsizlik talablariga javob bermasa, jiddiy şikastlangan yoki ifloslangan bölsa, şuningdek uni qayta işlaş imkoni bölmasa, utilizatsiya qiliş mumkin.

Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqidagi xayriya taşkilotlariga taklif etilgan, ammo belgilangan muddatda qabul qilinmagan tovarlarni ham yöq qilişga ruxsat beriladi.

Iste’molçilar uçun qanday özgarişlar böladi?

Germaniya Çakana savdo uyuşmasi (HDE) fikriça, yangi tartib xaridorlar uçun ham foydali bölişi mumkin. Çunki kompaniyalar sotilmay qolgan mahsulotlarni yöq qiliş örniga ularni autletlar yoki ikkinçi qöl tovarlari bozori orqali çegirma narxlarda sotişga harakat qiladi.

Bu esa arzonroq mahsulotlar taklifining ortişiga xizmat qilişi mumkin.

Har yili yuz minglab tonna töqimaçilik çiqindisi taşlanadi

Yevropa komissiyasi ma’lumotiga köra, faqat kiyim-keçakni utilizatsiya qiliş jarayonining özida yiliga 5,6 million tonna SO₂ atmosferaga çiqariladi. Bu taxminan 2–3 million avtomobilning bir yillik çiqindisiga teng.

Yevropa atrof-muhit agentligi hisob-kitoblariga köra, har yili Yevropa böylab 600 ming tonnagaça umuman kiyilmagan töqimaçilik mahsulotlari çiqindixonalarga taşlanadi.

Faqat Germaniyaning özida 2021 yilda xaridorlar qaytargan qariyb 17 million dona kiyim-keçak yöq qilingan.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bu katta miqdordagi xomaşyo, suv va energiya resurslarining behuda sarflanişiga hamda iqlim özgarişiga salbiy ta’sir körsatadi.

Yangi qoidalar tanqidlarga ham sabab böldi

Yangi tartib Yevropa Ittifoqining mahsulotlarni uzoqroq xizmat qiladigan, ta’mirlaş va qayta foydalaniş mumkin bölgan holga keltiriş orqali aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş strategiyasining bir qismi hisoblanadi.