Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2015 yilning 15-16 oktabr kunlari Qozoğistonga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.
15 oktabr kuni Ostonada Rossiya yetakçisining taşrifi munosabati bilan tadbirlar ötkazilişi belgilangan.
“Putin va Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi asosiy muammolarni muhokama qiladi”, - deya qayd etildi xabarda.
Taşrif yakunlariga köra, qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.
16 oktabrda esa Putin MDH davlatlari rahbarlari kengaşi hamda Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişlarida iştirok etadi.
“MDH davlatlari sammitida davlatlar rahbarlari xalqaro muammolar yuzaga çiqarayotgan özaro manfaatlar, şuningdek, gumanitar, huquqni muhofaza qiliş va harbiy sohalardagi köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilib, qator şartnoma va qarorlarni imzolaşadi”, - deyiladi xabarda. “Jumladan, BMT taşkil topganining 70 yilligi va xalqaro terrorizmga qarşi kuraşiş töğrisida bayonot, Çernobil AES halokatining 30 yilligiga bağişlangan murojaatlarni qabul qiliş rejalaştirilgan”, - davom ettiradi matbuot xizmati.
Kun tartibida taşkiliy mazmundagi savollar, jumladan, 2016 yilda MDHga rahbarlik masalasi körib çiqiladi.