14:30 / 12.10.2015
3515

Qoraqalpog‘iston ko‘ngillilari hamjamiyati BMT tomonidan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘ngillilari hamjamiyati Xalqlar ovozi sovrinining “Ko‘ngillilik orqali Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish uchun davomiy hissa qo‘shish” kategoriyasi bo‘yicha g‘oliblaridan biri bo‘lishdi.

BMTning “Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholi turmush tarzini yaxshilash” Qo‘shma dasturi bilan birga sog‘liqni saqlash sohasida ishlagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘ngillilari hamjamiyatini mukofotladi. Bu haqda BMT ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi axborot xizmati xabar beradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ko‘ngillilari Mingyillik rivojlanish maqsadlarining oltinchisi qilib belgilangan “OIV/OITS, malariya va sil kasalliklari bilan kurashish” vazifalariga erishishdagi ularning ko‘p yillik mehnati tan olinganligidan juda xursand bo‘ldilar. Ko‘ngillilar bir necha yil (2010-2011 yillar hamda 2013-2015 yillar) davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 5ta tumanida aholining sil kasalligini davolash va uning oldini olish yo‘llari to‘g‘risidagi bilim darajasini oshirish bo‘yicha ish olib borishdi. Sil kasalligi bilan kurashishda mahalliy sog‘liqni saqlash tizimiga yordam berish maqsadida 2014 yili 1730 jamoat ko‘ngillilari tayyorgarlikdan o‘tishgan bo‘lib, ulardan 86 foizi xotin-qizlar hisoblanadi. Ushbu ko‘ngillilar o‘tkazgan tashviqot va targ‘ibot kampaniyasi Qoraqalpog‘istonning 32 000 uy-xo‘jaligini (taxminan 247 000 aholi) qamrab oldi. Ko‘ngillilar tarkibini turli soha vakillari va turli yoshdagi insonlar: hamshiralar va o‘qituvchilar, nafaqadagilar va yosh uy-bekalari tashkil etdi. Hamshiralar assotsiatsiyasi, loyiha ijrosida asosiy rolni amalga oshirgan tashkilot sifatida alohida tahsinga sazovor bo‘ldi.

Top