Bugun, futbol böyiça Özbekiston Oliy ligasining 25-tur öyinlariga start berildi. Dastlabki bahs “Dinamo” – “Bunyodkor” örtasida ötkazildi.

Uçraşuvning 12-daqiqada mezbonlar tezkor gol urib, hisobda oldinga çiqib olişdi. Qarşi hujumda Farruh Şotursunov yetkazib bergan töpni Kamoliddin Murzoyev darvozabon ustidan oşirib, hisobni oçdi.

Tanaffusgaça boşqa gol kiritilmadi.

Ikkinçi bölim ham ketma-ket hujumlar bilan boşlandi. “Bunyodkor”ning qator hujumlari 72-daqiqada öz samarasini berdi. Burçakdan oşirilgan töpni Dilşod Jörayev boşi bilan “Dinamo” darvozasiga joylab, hisobni tenglaştirdi – 1:1.

Uşbu hisob boşqa özgargani yöq va Samarqanddagi bahsda “Dinamo” va “Bunyodkor” jamoalari öz hisoblariga bir oçkodan yozdirib qöyişdi.

Endilikda, "Bunyodkor" 48 oçko bilan 4-örinda joylaşib turibdi. Samarqandliklar hisobida esa 25 turdan keyin 22 oçko töplangan va jamoa 13-örinda ketmoqda.

Oliy liga, 25-tur
“DINAMO” – “BUNYoDKOR” 1:1 (1:0)
Gollar: Kamoliddin Murzoyev 12 (1:0), Dilşod Jörayev 72 (1:1)
Ogohlantirişlar: Rustamjon Aşurmatov 18, Kamoliddin Murzoyev 32, Artyom Filiposyan 62, Akramjon Komilov 70, Ilhom Yunusov 70, Viktor Karpenko 90+2

"Dinamo": 25.Muhiddin Xudoyorov, 5.Ildar Mamatkazin, 7.Otabek Zokirov (95.Firdavs Abdusalimov 66), 13.Hasan Asqarov, 16.Akmal Xolmurodov, 20.Farruh Şotursunov (30.Feruz Boboqulov 78), 55.Avaz Agaliyev, 61.Artyom Filiposyan, 66.Akmal Bozorov (17.Jasur Azimov 60), 67.Ilhom Yunusov, 97.Kamoliddin Murzoyev
"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Şorahmedov, 5.Dilşod Jörayev (19.Zabihillo Örinboyev 88), 6.Anvar Ğofurov, 7.Şaker Zuagi, 9.Sato Minori, 14.Vohid Şodiyev, 17.Doston Hamdamov (77.Viktor Karpenko 71), 22.Rustam Aşurmatov, 39.Eldor Şomurodov. 48.Akrom Komilov.