Norvegiyalik grossmeyster, amaldagi jahon çempioni Magnus Karlsen Germaniyaning Berlin şahrida davom etayotgan jahon çempionatining rapid yönalişida jahon çempionligini qölga kiritdi. Şu bilan u öz unvonini saqlab qoldi.

Karlsen 15ta turda 11,5 oçko jamğarib, birinçi örinni egalladi. Rossiyalik Yan Nepomnyaşçiy ikkinçi, ozarbayjonlik şaxmatçi Teymur Rajabov uçinçi, kubalik Lener Dominges törtinçi örinni band etdi. Uç nafar şaxmatçi ham 10,5tadan oçko töplaşdi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan. 

Özbekistonlik Rustam Qosimjonov 15 imkoniyatdan 9,5 oçko jamğarib, qöşimça körsatkiçlarga köra 13-örinni egalladi.

Amaldagi jahon kubogi sohibi rossiyalik Sergey Karyakin hamda sobiq jahon çempioni hindistonlik Vişvanatan Anand ham 9,5 oçko töplaşdi, lekin ular Qosimjonovdan keyingi örinlarni egallaşdi.