“Darakçi” gazetasi fuqarolarni köpdan buyon qiziqtirayotgan savolga javob qidirib mutaxassislarga murojaat qildi. Köpdan buyon bozorlarda sotilayotgan, köplab bino va muassasalarga örnatilayotgan energiya tejovçi lampalarning soğliqqa zarari borligi haqidagi gap-sözlar qay darajada haqiqatga yaqin? Bu savollarga Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tekşiriş instituti laboratoriyasi xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Gözal Toşpölatova javob berdi.
“Albatta, sun'iy yoritiş vositalarining barçasi insonning köriş qobilityatiga u yoki bu darajada zarar qilişini inkor etib bölmaydi, - dedi u. – Masalan, oddiy lampoçka, issiq oq rangli yoruğlik beradi. Bu esa çiroq yoruğidagi buyumlarning asl ranglarida köriş imkonini beradi. Köz fotoretseptsiyasi tekşiruvlari şuni körsatmoqdaki, inson közi bilan sekin-asta bunday yoruğlikka könikib borgan. Biroq çöğlama lampalarning iş jarayonida inson közi bilan ilğaş mumkin bölmagan lipillaşlar kuzatiladi. Biroq bu köriş va asab tizimiga salbiy ta'sir ötkazadi. Daf'atan yoqilganda uning ötkir nurlari köriş qobiliyatini söndirib yuborişi mumkin”.
Şu bilan birga, mutaxassis tejamkor lampalar ham bundan kam zarar keltirmasligini ta'kidladi: “Tejamkor lampalar esa obektlarning töğri nur qaytarişin buzadi, bu boş oğriği, çarçoq, madorsizlik va köznin xiralaşuviga sabab böladi. Oq, sovuq rangli yoruğlik beradigan çiroqlar bilan jihozlangan binolarda işlovçilarning köriş qobiliyati juda pasayib ketadi. Şu bois issiq oq yoki sariq rangli çiroqlar nisbatan xavfsiz sanaladi”.