Rossiya Suriyada amalga oşirayotgan harbiy operatsiya Ğarb davlatlari koalitsiyasining aviazarbalaridan köra ança kuçli samara bermoqda, deb tan oladi Fransiyaning Le Point naşri.
“Ayni paytda bu borada hisob Rossiya foydasiga 1-0”, - deb hisoblaydi naşr. Şu bilan birga, Suriya hududida bölayotgan öyin axiyri Rossiya va AQŞ örtasidagi jiddiy qarama-qarşilikka aylanişi mumkin.
Koalitsiya samolyotlari yiliga 2 500 parvozni amalga oşirganiga qaramay, jurnalistning fikriça, aniq razvedka ma'lumotlariga ega bölmagan, şu bois faqatgina IŞIDning aniq-tayin bazalariga zarba bergan. Rossiya esa Suriya razvedkasining ma'lumotlaridan foydalanmoqda.
Rossiya amalda Suriyaning şimoli-ğarbiy havo hududlaridan koalitsiya, Isroil va Turkiya samolyotlarini siqib çiqardi. Şu bois 7 oktabr kuni Pentagon Rossiya bilan tasodifiy töqnaşuvlarning oldini oliş uçun AQŞ samolyotlarining yönalişi özgartirilganini ma'lum qildi.






