16 oktabr kuni Angliyaning Mançester şahrida taekvondo VTF böyiça yilning nufuzli turnirlaridan biri – Mançester Gran-Prisi boşlandi. Musobaqaning ilk kuni +87 kg vazn toifasida ğolib va sovrindorlar aniqlandi.

Amaldagi jahon çempioni Dmitriy Şokin barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, Gran-Pri ğolibiga aylandi. U finalga qadar koreyalik Ju Xo Çolni 16:4, eronlik Moradini 10:5 hisobida mağlub etdi. Yarim finalda yana bir eronlik sportçidan ustun keldi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan.

Xabarda aytilişiça, hal qiluvçi final bellaşuvida Şokin kubalik raqibini oltin oçko evaziga taslim etib, Gran-Pri ğolibiga aylangan. Uşbu muhim ğalaba Dmitriy Şokinga 40 reyting oçkosi hamda 5000 AQŞ dollarini taqdim etdi.

Şuningdek, endilikda Şokin reytingda birinçi öringa kötarilib oldi. Şu paytgaça reytingda peşqadamlik qilib kelgan Jasur Boyqöziyev esa aksinça ikkinçi öringa pastladi. Boyqöziyev Mançester Gran-Prisining ikkinçi davrasida belaruslik sportçiga 5:6 hisobida yutqazib qöydi.

Bugungi bahslarda Özbekiston terma jamoasining yana ikki vakili aka-uka Maksim va Nikita Rafaloviç dayanga çiqişadi.

Eslatib ötamiz, musobaqada oltin medal sohibi 40 reyting oçkosiga, kumuş medal sovrindori 30, uçinçi örinni egallagan sportçilar esa 20 reyting oçkosiga ega bölişadi.

Ma'lumot uçun, Jahon Gran-Prisi törtta yirik musobaqadan iborat bölib, birinçi turnir Moskva şahrida, ikkinçi musobaqa Turkiyaning Samsun şahrida ötkazildi. Jahon Gran-Prisining yakuniy final musobaqasi dekabrda Meksikada bölib ötadi.