Markaziy bank Boşqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 8 oktabrda 2465-3-son bilan röyxatdan ötkazilgan) bilan Özbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar töğrisidagi Nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Belgilanişiça, mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qöyilgan varaqçasida muhr izi qöyilmagan taqdirda banklar ularning hisob-kitob hujjatlarini muhr izisiz qabul qiladi. Ilgari muhr izi qöyilmagan hisob-kitob hujjatlari faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik şaxs taşkil etmagan holda dehqon xöjaliklaridan qabul qilinişi mumkin edi.
Örnatilişiça, xöjalik yurituvçi sub'yektlar Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va Davlat soliq qömitasining rasmiy saytidagi soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali elektron tölov topşiriqnomasi bilan soliqlar hamda boşqa majburiy tölovlarni amalga oşirişi mumkin.
Aniqlaştirilişiça, bank tölov talabnomasi kelib tuşgandan söng aktseptlaş uçun uning nusxasini mablağlarni tölovçiga (uning vakiliga) keyingi iş kunidan keçiktirmay topşiradi, mablağlarni tölovçi (uning vakili) bankka taşrif buyurmagan hollar bundan mustasno. Şuningdek aniqlaştirilişiça, tölov talabnomasini mablağlarni tölovçiga (uning vakiliga) imzo qöydirgan holda topşiriş imkoni bölmagan taqdirda, bank uni u kelib tuşgandan söng 10 iş kuni (ilgari – 10 kun) ötgaç mablağlarni oluvçining bankiga «Mijozning kelmaganligi sababli ijro etilmadi» deb yozilgan holda ijro etmasdan qaytarib yuboradi.
Aniqlaştirilişiça, tölov talabnomasi (şu jumladan, aktseptlaş qisman rad etilganda), şuningdek inkasso topşiriqnomasining qolgan summasi 2-kartotekaga joylaştirilganda mablağlarni tölovçiga xizmat körsatuvçi bank bu haqda 3 iş kuni (ilgari – 3 kun) içida mablağlarni oluvçiga xizmat körsatuvçi bankni yozma ravişda xabardor qiladi.
Belgilanişiça, Moliya vazirligi tijorat banklariga şartnoma asosida depozitga qöyilgan respublika byudjyeti mablağlari va ular böyiça hisoblangan foizlari öz vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga inkasso topşiriqnomalarini taqdim etiş huquqiga ega.
Agar ilgari inkasso topşiriqnomalari böyiça mablağlarni undirib olişni töxtatib qöyiş yoki çaqirib oliş inkasso topşiriqnomasini taqdim etgan organ tomonidan yoki sud qaroriga muvofiq amalga oşirilişi mumkin bölgan bölsa, endilikda buni undiruvçining arizasiga köra ham amalga oşiriş mumkin.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplamining 2015 yil 12 oktabrdagi 40-sonida rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan boğlangan boşqa qonun hujjatlariga şarhlar va izohlar bilan «Özbekiston Respublikasi qonunçiligi» axborot-qidiruv tizimida tanişiş mumkin.
Norma.uz /Sardor JUMAŞOV tayyorladi.






