XXR raisi Si Tszinpin turmuş örtoği Pen Liyuan hamrohligida 19 oktabr kuni tört kunlik rasmiy taşrif bilan Britaniyaga yöl oladi.
Si Tszinpin safari sönggi 10 yil içida Xitoy yetakçisining Britaniyaga bölgan ilk taşrifi böladi. Oxirgi marotaba XXRning sobiq raisi Xun Tszintao Birlaşgan Qirollikka 2005 yilda taşrif buyurgan edi.
2015 yil mart oyida esa şahzoda Uilyam Xitoyga taşrif buyurib, sönggi öttiz yil içida mamlakatga kelgan ilk britan qirollik oilasining yuqori lavozimli a'zosiga aylangandi. Bundan oldin esa qiroliça Yelizaveta II va uning turmuş örtoği gersog Edinburgskiy Filipp 1986 yili Xitoyga kelgan edi.
Xitoy rahbari va uning turmuş örtoği şarifiga haqiqiy qirollik qabuli taşkil etiladi. Si Tszinpin va Xitoyning birinçi raqamli xonimi 19 oktabr kuni Londonning Xitrou aeroportiga yetib keladi va 23 oktabrga qadar Britaniyada qoladi. Xitoylik mehmonlar bu vaqt davomida Bukingem saroyida istiqomat qilişadi.






