Kanadani deyarli 10 yildan buyon boş vazir sifatida boşqarib kelgan siyosatçi Stiven Xarper 19 oktabr kungi parlament saylovlarida mağlubiyatga uçragaç, öz lavozimini tark etdi.

42-parlament saylovida uning yetakçiligidagi Konservatorlar partiyasi liberallarga mağlub böldi.

"Keyingi 9 yildan ortiq vaqt davomida men Kanada boş vaziri sifatida işlaganimdan ğururlanaman. Bu juda ajoyib davr böldi", dedi u Alberta viloyatidagi Kalgari şahridagi saylovçilar qarşisida.

"Saylovning dastlabki natijalaridan körinib turibdiki, bizning möljalimizdagi natijalar qayd etilmadi. Xalq tanlovda adaşmaydi. Biz liberallar yetakçisi Jastin Tryudo va uning jamoasini ğalaba bilan qutlaymiz hamda ularga omadlar tilaymiz", deya qöşimça qilgan siyosatçi.

U şuningdek, Konservatorlar partiyasi rahbarligidan ham ketişini ma'lum qildi.

Xarper bu partiyani 2004 yilning 20 mart kunidan buyon boşqarib kelayotgandi. Uning rahbarligida konservatorlar 2006, 2008 va 2011 yillardagi saylovlarda ğalaba qilişgandi.

Xarper Kanadaning 22-boş baziri hisoblanardi.

Partiyaning navbatdagi yetakçisi parlament saylovlarining oxirgi natijalari e'lon qilinganidan söng içki saylov orqali saylanadi.

Mamlakat aholisi duşanba kuni Umumpalataning 338 örniga nomzodlarni tanladi.

Ovoz byulletenlarining 83 foizi hisob-kitob qilingan holatda liberallar 338ta saylov okrugidan 187tasida yetakçilik qilişmoqda (39,9 foiz). Ikkinçi örindagi konservativlarga 101ta okrugda işonç bildirişgan (32,1 foiz). Uçinçi örinda "Yangi demokratlar partiyasi" (39ta okrug va 19,1 foiz ovoz) joylaşgan. Törtinçi örinda Kvebek blogi (10ta okrug, 4,9 foiz), beşinçida "yaşillar" (1ta okrug, 4 foiz).

Liberallarning 43 yoşli yetakçisi Jastin Tryudo Kanadaning sobiq boş vazirlaridan biri Per Tryudoning öğli hisoblanadi. Uning partiyasi örta sinf vakillari uçun soliqlarni kamaytiriş, badavlat qatlam uçun esa soliqlarni oşiriş siyosatini qöllaşga va'da bergan.

Qayd etiş kerakki, Kanadadagi parlament saylovlarida hukumatni şakllantiriş uçun siyosiy partiyaga parlamentda köp örin egallaşi şart hisoblanmaydi. Faqat saylovda raqibiga nisbatan köproq ovoz yiğişi yetarli böladi.