AQŞ prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Tramp xalqaro savdo markaziga terrorçilik hujumi uyuştirilişi mumkinligidan bir yil oldin ogohlantirgandi, deb eslatadi Buzzfeed portali.

“Işonçim komilki, biz terrorçilik hujumi xavfi oldida turibmiz. Uning oqibatida xalqaro savdo markazining bombaga tutilişi bolalar feyyerverkiga öxşab qoladi”, - deb yozgan edi u 2000 yili çop etilgan “Biz munosib bölgan Amerika” kitobida.

Trampning ta'kidlaşiça, heç bir tahlilçi bunday imkoniyatni inkor qilmagan, köplar esa hatto uning bölişini kuta boşlagan.
Şuningdek, Tramp Usoma bin Ladenni tilga olgani, jumladan, “aniq manzili yöq Usoma bin Laden ismli qora şaxsni bir kuni davlatning birinçi raqamli duşmani deb e'lon qilişlari” va “AQŞ qiruvçilari Afğonistonga yöl olişi”ni aytgani xabar qilinmoqda.