Özbekistonda oxirgi yillarda köplab filmlar işlab çiqarilmoqda. Aksariyati maişiy mavzularga yönaltirilgan bu kartinalarda oila a'zolari, şu jumladan, ota-onalar obrazlari ham öyinçi kadrining ajralmas qismiga aylanib qolmoqda.
Ammo negadir aksariyat filmlarda ota-ona rolini aynan bir xil aktyorlar ijro etadi. Aktyorlar har qança iste'dodli bölmasin, bu kinolarni bir xil qilib qöymoqda, hatto tomoşabinlar ayrimlarini bir-biridan farqlay olmay qolmoqda. Bu masala “Darakçi” gazetasida yoritildi.
“Istasangiz, sinab köring: sönggi yillarda suratga olingan xususiy kinokartinalar titrini ötkazib, tomoşa qiling-a! Boş qahramonlar tugul, ularning ota-onasi ham filmdan filmga köçib yurgani bois soatlab bitta kinokartinani körayotgandek bölasmiz”, - deb yozadi jurnalist.
“Mehrobdan çayon” videofilmidagi Nigoroyim, “Uvaysiy”dagi Nodirabegim kabi tarixiy filmlarda toblangan Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ra'no Yaraşeva ham rejissyorlarning “ona qolipi”ga tuşib qolgan”, - sözida davom etadi u. Darhaqiqat, keltirilgan röyxatdan ma'lum böladiki, oxirgi 5-6 yil içida aktrisa 5ta filmda boş qahramonning onasini gavdalantirgan.

Lekin uning hamkasbi Saida Rametova 12 yil içida ijro etgan “ona” va “qaynona”lari har qanday rekordni yangilaşga qodir – bu davr içida aktrisa qariyb 20ta kartinada xuddi şunaqa obrazni gavdalantirgan.

Erkak aktyorlar içida bu borada birinçilik Ubaydullo Omonga tegişli: 8 yil içida aktyor 10dan ortiq “ota”larni ekranda namoyiş etib bergan. Uning bu boradagi doimiy raqobatçisi bölgan Matyoqub Matçonov undan körsatkiçlari böyiça biroz ortda qolmoqda.

Eldor Asanov tayyorladi






