Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boğida Özbekiston Ekologik harakati va BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ekoboğ yaratişga bağişlangan ekologik aksiya ötkazildi. Bu haqda UzA muxbiri xabar qilgan.

Tadbirda deputatlar, BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi xodimlari, Ekoharakat faollari iştirok etdi.

Özbekiston Ekologik harakati Özbekistonda yaşil hududlarni kengaytiriş, taşlandiq yerlarni obod qilib, ekoboğlar taşkil etişga alohida e'tibor qaratmoqda. Bugungi kunda Özbekistonning turli hududlarida taşkil etilgan, umumiy maydoni qariyb 120 gektardan iborat yigirma beşdan ziyod ekoboğga öttiz ming mevali va manzarali köçat ekilgan.

"Ekologik aksiya doirasida 400 tupdan ortiq manzarali daraxt köçati ekildi. Bunday ekoboğlar yurtimiz körkiga körk qöşadi, atrof-muhitni muhofaza qilişda muhim ahamiyat kasb etadi", deyilgan xabarda.