Özbekiston matbuotida kötariladigan oilaviy masalalar muhokamasida bu hafta qizlarni yoş turmuşga uzatiş, umuman, voyaga yetmaganlarning oila qurişi hamda bunday holatlarning oqibatlari mavzusiga töxtalib ötildi.
Jumladan, “Oila davrasida” gazetasidan örin olgan materialda ayrim davlatlarda 9-10 yaşar qizlarni uzatib yuriş holatlari kuzatilişi ta'kidlandi. Bu bolalarning ruhiy holatiga jiddiy ta'sir körsatişi bilan bir qatorda insonning organizmdagi fiziologik jarayonlarni ham salbiy oqimga burib yuborişi ta'kidlandi.
“Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi yigit-qizlarga, avvalo, örta-maxsus ta'limni tugatdan söng, ilm olib, biron kasb-hunarning boşini tutgandan keyin turmuş qurişni tavsiya etadi. Şunday qilinsa, oila qurayotganlarning har tomonlama yetukligiga bir qadar erişiş mumkin”, - deb ta'kidlaydi jurnalist.






