Toşkent viloyat Nazorat-taftiş boşqarmasining Davlat byudjyetining ğazna ijrosini nazorat qiliş bölimi xodimi Damir Boboyev mansabini suiiste'mol qilib, poraxörlik qilgani uçun jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Aytilişiça, u boşliğining buyruğiga asosan Qibray tumanidagi Çingeldi qişloq vraçlik punktining 2007-2015 yillardagi xarajatlar smetasi tuzilişini hamda uning ijrosini, şuningdek, byudjyetdan taşqari mablağlarning maqsadli sarflanişi yuzasidan hujjatli taftiş ötkaziş uçun borgan. U muassasa mudirasini “jiddiy” tekşirsa, xato köp çiqişini, bu esa kamida 40 mln söm jarima ekanligini aytib, qörqitgan va undan pul tama qilgan.
Uning harakatlari noqonuniyligini bilgan mudira tegişli organlarga xabar bergan. Natijada Boboyev jinoyat ustida qölga olingan.
Sud qarori bilan Damir Boboyev 5 yilga qamoqqa olindi.






