Twitter ijtimoiy tarmoği sörovnomalar yaratiş funksiyasini işga tuşirmoqda. Bu haqda kompaniya bergan xabarda ma'lum qilindi.
Ijtimoiy tarmoqning istalgan foydalanuvçisi ikkita javob variantidan taşkil topadigan öz sörovnomasini yaratişadi. Ovoz beriş 24 soat davom etadi. Bu vaqt ötgandan keyin sörovnomada iştirok etgan barça foydalanuvçilar bu haqda xabar olib, yakuniy natijalarni bilişlari, foydalanuvçilar heç qanday çeklovlarsiz istalgan sörovnomalarda iştirok etişlari mumkin böladi.
Barça ovoz berişlar anonim qilinadi.
“Agar siz jamiyatning biror narsa haqidagi, misol uçun itni qanday nomlaş, keçki öyinda kim ğolib bölişi, ularni biror qaror qabul qilişda köproq nima taşvişlantirişi haqidagi fikrini bilmoqçi bölsangiz, Twitter bunga aynan töğri keladi”, deyilmoqda kompaniya xabarida. Funktsiya yaqin kunlarda barça operatsion tizimlar – iOS, Android va Twitter.com’ning desktop versiyalarida paydo böladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoq “Moments” (“Lahzalar”) funksiyasining işga tuşirilişi haqida e'lon qilgan edi, bu funksiya real vaqt rejimida muhim voqealarni kuzatişga imkon beradi.






