2015 yil hisobidan neça martadirki, Toşkentdagi yonilği quyiş şoxobçalarida yana benzin tanqisligi vujudga kelmoqda. Haydovçilar yonilği quyiş şoxobçalaridagi uzun navbatlarga könikib ulgurdi.

Yopiq şoxobçalar, uzun navbatlar “Özneftmahsulot” AKga nisbatan noroziliklarni keltirib çiqarmoqda. Aktsionerlik kompaniyasi rahbariyatining haydovçilarga nima deb javob berişi esa barçaga ma'lum.

Biroq şunga qaramasdan, “Novosti Uzbekistana" (Nuz.uz) tahririyati yuzaga kelgan vaziyat Toşkentdagi yonilği quyiş şoxobçalariga benzin yetkazib beriş tizimidagi inqiroz bilan boğliqmi yoki neft mahsulotlari bozoridagi yana bir spekulyatsiyami, degan savolga javob topiş maqsadida kompaniya xodimlariga murojaat qilişdi.

“Ma'lum bölişiça, +998 71 231 13 82 raqamiga javob bergan yagona “Özneftmahsulot” AK xodimi malaka oşiruvçi bölib, u vaziyatga baho bera oladigan barça xodimlar ayni paytda mehnat safarida ekani, şu boisdan keyinroq qönğiroq qilişlarini aytgan. Umuman olganda – kutamiz”, - deya qayd etadi internet naşri.

Eslatib ötamiz, 2015 yil sentabr oyida “Özneftmahsulot” AK öz sayti orqali Özbekistonda yonilği mahsulotlari ta'minotida uzilişlar kelib çiqmasligi haqida bayonot bergan edi.
“Özneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Sizlarni töliq işontirib ta'kidlaydiki, mamlakatimizda avtobenzin va boşqa YoMMlar ta'minoti böyiça muammo yöq, bölmaydi ham. Çunki, Respublikamizda jahon standartlariga javob beradigan barça yonilği-moylaş mahsulotlari yetarli miqdorda işlab çiqarilmoqda. Neft xomaşyosi nafaqat mamlakatimiz içki ehtiyojini qondiriş uçun, balki muayyan miqdordagi yonilği-moylaş mahsulotlarini eksport qiliş uçun ham yetarli miqdorda qazib çiqarilib, qayta işlanmoqda”, - deyilgandi murojaatda.