23 oktabr kuni XX asrning eng yaxşi futbolçisi hisoblangan, barçaga Pele nomi bilan yaxşi taniş bölgan Edson Arantis du Nasimentu 75 yoşga töldi.
Braziliyalik hujumçi özining 21 yillik professional faoliyatida uç karra jahon çempioni, ikki karra Libertadores kubogi va qit'alararo kubok sohibi, şuningdek, qit'alararo superkubok çempioni böldi.
Pele öz faoliyati davomida 1363 öyin ötkazib, 1289 ta gol kiritgan.

1. Braziliya terma jamoasi 1958 yilgi jahon çempionati finalida, Şvetsiya bilan uçraşuv oldidan. Pele pastgi qatorda, çapdan uçinçilikda.

2. Pele milliy terma jamoada 1957—1971 yillar içida 92 ta öyin ötkazib, 77 ta töp kiritdi.

3. Uning haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu. Pele nomini ösmirlik payti olgan. Bu borada turli taxminlar yuradi, ammo ularning heç biri aniq töxtamga ega emas.

4. Pele uç marta oila qurgan. Ikki oilasidan söng uning uç nafar farzandi bor: uç nafari birinçi rafiqasidan, ikki nafari ikkinçi rafiqasidan. Uçinçi raqiasi bilan u 2014 yilda oila qurdi. Suratda: birinçi rafiqasi Rozmeri dos Reys Şolbi bilan Germaniyaga taşrif vaqtida. 1966 yil.

5. U futbol böyiça uç karra jahon çempioni hisoblanadi. Suratda 1970 yilgi jahon çempionatida yagona goli bilan Italiyani finalda mağlub etgan Pele golni nişonlamoqda.

6. Pele 1970 yilgi ğalabasini nişonlamoqda.
.jpg)

















