Ispaniyaning Moskvadagi boş konsulligi VFS Global kompaniyasi bilan hamkorlikda Toşkentda Ispaniyaning viza servisi markazi oçişdi.
Markaz 16 oktabrdan iş boşladi, deb xabar beradi kompaniya rasmiylari.
Undan közlangan maqsad Ispaniyaga çiqiş uçun vizalarni rasmiylaştirişdir. Ilgari özbekistonliklar bu işni Moskvadagi konsullik orqali amalga oşirgan bölsa, endilikda buni VFS Global’ning markazida bajarişi mumkin böladi.
VFS Global diplomatik missiyalar va hukumatlarga autsorsing va texnologik xizmatlar körsatiş böyiça jahondagi yetakçi kompaniya hisoblanadi. U Toşkentda birinçi marta öz markazini oçişi.
Ispaniyaning viza servisi markaziga quyidagi manzil böyiça murojaat qilinadi:
Ispaniyaning viza servisi markazi (Spain Visa Application Centre)
Manzil: 100084, Toşkent, Amir Temur köçasi, 95 a, Orient biznes-markazi, 5-qavat, 503-xona.
Telefonlar: (+99871) 234-21-58. Email: [email protected].
Sayt: www.vfsglobal.com/spain/uzbekistan.
Hujjatlarni topşiriş va pasportlarni oliş vaqti: 8:30 dan 15:30 gaça (duşanbadan jumagaça).
Eslatma: VFS Global faqatgina Ispaniyaning boş konsulligiga arizalarning qabul qilinişiga javob beradi. Barça topşirilgan arizalar baholanib, elçixona tomonidan qayta işlanadi.






