Facebook ijtimoiy tarmoği rahbariyati xodimlari uçun “2G-seşanba”larni joriy qilmoqçi. Har haftaning mana şu kuni kollektivga sekin işlaydigan 2G-internetga ötiş taklif qilinadi. Business Insider naşrining yozişiça, bundan közlangan asosiy maqsad ularga Kremniy vodiysi va rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlari örtasidagi farqni körsatib berişdir.

“Men bir narsani his qilganday böldim... Şubhasiz, men uçun bu çinakam sinovdir – mahsulotning bir qismi sinib qolganday hissiyot”, - dedi birinçi seşanbadan söng ijtimoiy tarmoq boş muhandisi Tom Elison.

Sekin internet sahifalarni tez yuklaş imkonini bermaydi, şu bois Elison va uning xodimlari sekin işlaydigan internet tarmoqlariga möljallab yangiliklar tasmasini tuzib çiqişga köp vaqt sarflaydilar.

Kompaniya mutaxassislari ilgari ham şunga öxşagan tajribalarga qöl urib turişgan. Jumladan, ular 2G-internetda işlovçi telefonlardan foydalanişadi, yohud Hindiston va Keniya singari davlatlarga safarlar uyuştirişadi.