Ayni vaqtda MLSda, "Nyu-York Siti" jamoasida töp surayotgan Frenk Lempard "Britaniya imperiyasining oliy ordenlari" qatoridagi ritsarlik ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda uning sobiq jamoasi "Çelsi" rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Mirror naşrida yozilişiça, futbolçiga bu orden şahzoda Uilyam tomonidan topşirilgan.
Ma'lumot uçun, ança yillardan beri Angliya terma jamoasida iştirok etib kelgan futbolçi APLning "Vest Hem", "Çelsi" va "Mançester Siti" kabi klublari uçun öyinlar ötkazgan. U "Çelsi" bilan 2005, 2006 va 2010 yillarda Angliya çempioni, 2007, 2007, 2010 va 2012 yillarda Angliya Kubogi sohibi, 2005 va 2007 yillarda Angliya ligasi kubogi sohibi bölgan. Xalqaro maydonlarda esa u bir marta YeÇL ğolibi (2012 yil) va bir marta Yevropa Ligasi ğolibi (2013 yil) bölişga erişgan.






