PSJ hujumçisi Zlatan Ibrohimoviç Şvetsiya poytaxti Stokgolmdan yevangeliy çerkoviga mansub sobiq binoni sotib oldi. Bu haqda aftonbladet.se xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, tört qavatdan iborat, umumiy maydoni ming kvadrat metrni taşkil etuvçi uşbu binoni Ibrohimoviç 110 million şved kronasiga (12,5 mln yevro atrofida) xarid qilgan.

Katolik hisoblanuvçi uşbu futbolçi binoni ta'mirlatib, uni qoçqinlar uçun turar-joyga aylantirişni niyat qilgan.

Stokgolmdagi uşbu turar-joydan taşqari Zlatanning Stokgolm yaqinida villasi, Nyu-Yorkda kvartirasi va Floridada villasi bor. Şuningdek, uni Malmeda ham uyi bor edi, ammo u uni şu yili 4 mln yevroga sotib yuborgandi.