“Yangi kitob” naşriyoti Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malikning “Ajab dunyo” kitobini naşr qildi. Mazkur töplamdan adibning yangi qissalari va hikoyalari örin olgan.
Şuningdek, kitobda arab adibi Mahmud Abdulmalik Iydning Tohir Malik ijodiga bağişlab yozgan maqolasi örin olgan.
"Odam umrini tabiat fasllariga öxşatib sifatlaşadi. Bahor — bolalik va yoşlik fasli, umr adoği esa kuz — xazonrezgi fasliga qiyosdir. Bahoru yoz imtihon fasli, kuz esa mevalarni terib oliş, umr intihosidagi oqibat natija körinadigan kimgadir hayajonli, kimgadir vahimali, yana kimgadir xatarli damlardir. Mazkur kitobga jamlangan asarlarda ana şu sönggi imtihon onlaridan hikoya qilingan", deyiladi taqrizda.
“Men sizlar Tohir Malikning uşbu dunyosini öqib uning ijodida iştirok etiş uçun munozarani oçiq qoldiraman”, deb yozadi arab adibi Mahmud Abdulmalik Iyd.
Kitob muqovasi taniqli va iste'dodli musavvir Bahriddin Bozorov tomonidan tayyorlangan.
Eslatib ötamiz, “Yangi kitob” — Özbekistondagi eng yoş naşriyotlardan biri hisoblanadi.