Germaniya kansleri Angela Merkel va XXR davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan ikki tomonlama muzokaralarni boşladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Mazkur taşrif Germaniya kanslerining Xitoyga sakkizinçi rasmiy safari hisoblanadi. Bu esa ikki davlat örtasidagi hamkorlikning yaxşi yölga qöyilganligini anglatadi.
Merkelning safari 30 oktabrga qadar davom etadi va u taşrif doirasida Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan uçraşişi rejalaştirilgan.
Avvalroq Xitoydagi GFR elçisi Mixael Klasus Global Times gazetasiga bergan intervyusida, muzokaralar davomida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik, Xitoy iqtisodiyoti holati, oçiqlikni ta'minlaş sohasida olib borilayotgan islohotlar muhokama etilişini aytib ötgan. Şuningdek, xalqaro miqyosdagi muammolar, xususan Suriyadagi vaziyat, Ukraina masalasida ham muhokamalar bölib ötişi mumkin. Elçi Xitoy tomoni Yevropadagi muhojirlar muammosi haqida qiziqişi mumkinligini ham aytib ötgan.






