AQŞning Pensilvaniya ştatida mahkamlangan trosi uzilib ketgan razvedkaçi harbiy dirijabl quladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Dirijablning diametri 34 m ni taşkil qilib, u aksilraketa radarlari bilan jihozlangan va havo razvedkasini amalga oşirişga möljallangan.

Dirijabl Montur okrugida quladi. Jabr körganlar haqida ma'lumotlar yöq.
Ilgariroq dirijabl çiqib ketgan Aberdin poligoni vakillari uni töxtatiş uçun havoga 2ta F-16 qiruvçisi kötarilganini ma'lum qilgan edi.
Dirijabldan osilib turgan troslar elektr simlarga zarar yetkazib, bir neça ming kişini elektr ta'minotisiz qoldirdi.