XABARDOR.UZ - Tez-tez sodir bölatgan aviahalokatlarni hisobga olib, öquvçilarimizga eng işonçli va xavfsiz yölovçi samolyotlar röyxatini naşr etmoqdamiz. Qörqmasdan uçing!

Sönggi paytlarda aviahalokatlar hatto 20 asrdagiga qaraganda ham köp sodir bölmoqda. Aerobuslarning qulaşi ba'zilarda boşqa transport turlaridan foydalanişga undamoqda.

Aslida, statistikaga qaraganda samolyot – eng xavfsiz transport turidir. Qanotli maşinalarning ba'zi turlari jiddiy hodisalarga umuman duç kelmagan. Aynan qaysilari deysizmi? Bunga Londondagi Ascend suğurta maslahatçisi va BusinessWeek naşri tomonidan keltirilgan ma'lumotlar asosida tuzilgan reyting oydinlik kiritadi. Alohida ta'kidlaş joizki, terrorizm bilan boğliq aviahalokatlar statistikada hisobga olinmagan.

Samolyotlar halokatlar kamayib borişi tartibida joylaştirilgan. Oddiy söz bilan aytganda, mazkur holatda har bir turdagi samolyotning işlab çiqarilgan miqdori, har bir muayyan samolyotning umumiy uçiş vaqti va aviakompaniyalarda foydalaniş muddatlari katta ahamiyatga ega. 

30 yildan söng eng xavfsiz samolyot xavfli yoki öta xavfli razryadiga aylanadi. Bundan taşqari, laynerni qaysi kompaniya işlatayotganini unutmaslik lozim: mohir qöllarda stul ham balalaykaga aylanadi. Uçinçi dunyo mamlakatlari tomonidan foydalanilgan har qanday samolyot bilan muammo yuzaga kelişi mumkin.

Demak e'tiboringizga eng xavfsiz samolyotlar reytingini havola qilamiz.

1. Boeing 777

Transaero kompaniyasi Boeing 777-300 samolyoti

Avialayner 1995 yildan beri işlab çiqarilmoda, 748 samolyot qurilgan. Rasmiy reytingga qaraganda  umumiy 20 million soat uçiş vaqtida bitta ham halokat sodir bölmagan. Ammo bir neça avariya holatlari yuz bergan. Ulardan ikkitasi muvaffaqiyatli yakun topgan, bittasida esa 3 nafar yölovçi halok bölgan. Ammo 2014 yilda ikki sirli yöqoliş tufayli maşina yetakçilikni qöldan boy berdi: 8 martda Malayziya "Boeing"i Hind okeanida ğoyib böldi, 17 iyulda esa aynan şu turdagi samolyot Ukrainada urib tuşirildi (ammo yuqorida terroristik akt va uruş natijasidagi halokatlarni hisobga olmaslikka kelişib oldik).

2. Airbus A340