Saudia Arabistoni hukumatining xabar berişiça, Misrda qulagan Rossiya samolyoti bortidagi yölovçilar orasida 214 nafar rossiyalik va 3 nafar ukrainalik fuqaro bölgan. 217 nafar yölovçidan 138 nafari ayol, 62 nafari erkak va 17 nafari bolalar bölgan, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Minsk bergan dastlabki ma'lumotlarga köra, qurbonlar orasida belaruslik fuqaro ham bölgan.
Samolyot ekipaji 7 kişidan iborat bölgan.
31 oktabrda Rossiyaning Misrdagi konsulligidagi manba samolyotda Brisko va Odeon Tours turoperatorlarining mijozlari bölganini ma'lum qildi.

«Kogalymavia» aviakompaniyasining Airbus A321 samolyoti Toşkent vaqti bilan 08:51da parvozga kötarilgan. Samolyot 09:14da Larnka (Kipr) bilan aloqaga çiqmagan va radarlar ekranidan samolyotni körsatuvçi belgi yöqolib qolgan. Samolyot Sinay yarim oroliga qulab tuşgan.

Ba'zi taxminlarga köra, falokatga texnik nosozliklar olib kelgan (samolyot ekipaji bir neça bor dvigatelda muammolar borligidan şikoyat qilgan). Samolyot qoldiqlari topilgan joyda qutqaruvçilar iş olib bormoqda.