Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mingan samolyot London aeroportiga yetib bordi va Buyuk Britaniya qirolligidagi safarini boşladi. Bu haqda Akorda matbuot xizmati xabar berdi.
Uni aeroportda Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron kutib oldi. Nazarboyev Yelizaveta II tomonidan qabul qilinadi. Şundan keyin u Britaniyaning işbilarmon davralari vakillari bilan uçraşuv ötkazadi.
Bu Qozoğistonda ötgan prezidentlik va Buyuk Britaniyada ötgan parlament saylovlaridan keyin Nazarboyevning Yevropaga birinçi taşrifi böladi. Tajribali mutaxassislar bu taşrifda Ostona va Ğarbning yaqinlaşişga urinişiga yaqqol signalni körişmoqda.
Ma'lumot uçun, bu safargi taşrif Nazarboyev Buyuk Britaniyaga uyuştirgan töqqizinçi taşrifdir. Uşbu taşrif ikki mamlakat örtasidagi strategik hamkorlikni yangi darajaga kötarişga yönaltirilgan.






