Saudiya Arabistonida noturar joy binolarida iste'molçilar uçun suv narxi oşiriladi. Bu haqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, 2015 yil 16 dekabrdan sanoat va hukumat binolarida hamda yirik korporatsiyalar binolarida suv narxi 2 barobardan köproqqa, ya'ni 1 kub metri narxi 9 rialgaça (2,4 dollar) oşiriladi.
Mamlakat ma'muriyatidagi noma'lum manbaning ma'lumotiga köra, suv narxi uning iste'mol qilinişini kamaytiriş va me'yordan köp işlatilişiga qarşilik körsatiş maqsadida oşirilmoqda.
Turar-joy binolarida yaşovçilar suvga eski narxda haq tölayveradilar. Suv narxining oşirilişi neft narxi tuşişi sababli 100 mlrd dollargaça oşgan byudjyet defitsitini qoplaş uçun ham qaratilgan.
Bu energiyadan foydalanişni ham kamaytiradi, çunki suvning katta qismi çuçuklantiruvçi qurilmalar orqali olinadi.






