29 oktabr kuni Quyoşda yirik portlaş sodir bölganidan söng 3 noyabr kuni Yerda magnit böroni boşlandi.
Toşkent vaqti bilan 12:30da Quyoş tojidan qözğalgan oqim Yer orbitasiga yetib keldi. Quyoş şamolining tezligi soatiga 600 kilometrni taşkil etdi.
Olimlar magnit böronini 1 noyabr kuni sodir bölişini taxmin qilişgan edi.
Ma'lumot uçun, Quyoşda sodir bölgan ulkan portlaşlar kosmik kengliklarga katta miqdordagi zaryadlangan zarralarni tarqatib yuboradi. Asosan proton va neytronlardan iborat Quyoş şamoli tölqinlari soniyasiga 400-1000 kilometr tezlikda harakatlanib, 1-2 kun içida Yer atmosferasiga yetib keladi.
Magnit böronlari vaqtida arterial gipertoniya va gipotoniya qayd etilgan bemorlar, şuningdek, keksalar, bolalar, homilador ayollar va psixoemotsional ta'sirçan kişilar özlarini noxuş his etişlari mumkin.
Magnit böronlarining salbiy ta'sirlarini bartaraf etiş hozirça imkonsiz. Faqatgina ularning xavflilik darajasini kamaytiriş mumkin. Buning uçun avvalo alkogol içimlari va tamaki mahsulotlari, jismoniy zöriqişlardan voz keçiş tavsiya qilinadi. Qon bosimi va asab xastaliklari mavjud bemorlar bu vaqt mobaynida parvoz hamda yerosti jamoat transportlaridan çetda yurganlari ma'qul. Magnit böroni vaqtida qonda xolesterin miqdori ortişi kuzatilgani bois, bunday paytlarda yoğli va kuçli kaloriyali taom hamda disertlarni iste'mol qilişdan tiyiliş lozim. Ular örniga bötqa, barra sabzavot va mevalar, qaynatilgan baliq va javdar non tanovvul qiliş maqsadga muvofiq. Toza suv, şirin kök çoy ham bunday holatda ijobiy ta'sir kuçiga ega.






