Daniyaning AP Moller-Maersk konglomerati dengiz orqali yölovçi va yuk taşiş bilan şuğullanuvçi Maersk Line bölinmasining 4 ming nafar xodimi 2017 yil oxiriga qadar işdan böşatilişini ma'lum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri yozmoqda.

Yuk konteynerlarini yetkazib beriş böyiça dunyodagi eng yirik kompaniya bölmiş Maersk Line bozor şaroitlarining nomuvofiqligi tufayli xarajatlarini qisqartirmoqçi.

Kompaniya rahbariyati yangi avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlarini joriy qiliş, şuningdek, işlab çiqariş jarayonlari digitalizatsiyasi yöli bilan mehnat samaradorligini oşirmoqçi. Bu çoralar personal miqdorini 23 ming kişidan 19 ming kişiga qisqartiriş imkonini beradi.