“Joiş al-Islom” (“Islom armiyasi”) terrorçilik guruhi suriyalik isyonçilari Suriya prezidenti Başar Asadning yuzlab tarafdorlarini qafaslarga qamab qöydi va şu tariqa Rossiyaning mamlakat hududida aviazarbalar berişni töxtatişini talab qildi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, jangarilar asirlar solingan qafaslarni yuk maşinalarida Damaşqdan 10 kilometr uzoqlikda joylaşgan Duma şahri böylab olib yurganlarini videoga suratga olişgan. Qafaslarga Suriya prezidenti atrofidagi 400dan köproq erkak va ayol alaviylar qamalgan.

Başar Asad ham alavit, ya'ni islomning şia mazhabi vakili hisoblanadi. Uning duşmanlari, jumladan isyonçilar va ularga ittifoqdoş bölgan Yaqin Şarqdagi davlatlar sunniy mazhabidagi islomga e'tiqod qilişadi. Bu mazhabga dunyodagi köpçilik musulmonlar ham e'tiqod qiladi.

“Islom armiyasi” isyonçi guruhlar koalitsiyasi bölib, 2013 yilda Saudiya Arabistoni kömagida şakllantirilgan.