Texasda yaşovçi Rinaldo Kardoso Rivera tovuq bölagi deb öz dösti Darvin Peres Gonsalesni öldirib qöyganini tan olib, politsiyaga murojaat etdi, deb yozmoqda The Inquisitr.

38 yoşli River va uning tört dösti Xyuston tumanidagi uylarida birgalikda taom yeyiş uçun töplanişdi. 34 yoşli Gonsales River özi uçun olib qolgan tovuq bölagini paqqos tuşirib qöygaç, davradagi vaziyat tubdan özgarib ketdi va örtada janjal kötarildi.

Muştlaşuv xonadon yaqinidagi maydonçada davom etdi. Naşrning yozişiça, olişuv vaqtida Rivera yonidan piçoq çiqargan va döstini piçoqlab qöygan. Politsiya hisobotida, u marhumga neça bora piçoq urgani xususida töxtalinmagan.