Nyu-Yorkda işçilar universitet hududidagi köça ostidan yoşi ikki asrlik maqbara topib olişdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Arxeologlarning fikriça, ilgari universitet hududi qabriston bölgan. Oldin ham uzunligi 4-5 metr bölgan maqbara şu yerdan topilgan edi. 9—12 kişining skeleti bir burçakda yotgan ekan. Ularning yonidan bir neçta yoğoç tobutlar topilgan.

Antropolog va arxeologlarning ma'lum qilişlariça, ular u yerga yoruğlik olib tuşişadi va skeletlarning kimligini aniqlaş maqsadida raqamli fotoapparat yordamida ularning suratlarini ham olişadi. Bu şahardan qabr topilgan birinçi holat emas.

Işçilar uşbu qabrni bor-yöği 1 metr çuqurlikdan topişgan. Şu bois şahar quriliş dapartamenti vakilining ta'kidlaşiça, ularda bu yerda maqbara bölişi mumkinligi haqida ma'lumotlar bölgan.