Texas ştatidagi Dallas şahrida bölib ötgan kim oşdi savdosi çoğida AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedi ölimi kuni ötirgan limuzinning raqamlari 100 ming dollarga sotildi. Bu haqda WFAA xabar bermoqda.

Lotning boşlanğiç narxi 40 ming dollarni taşkil qildi. Orqa va oldingi raqamlar komplekti GG-300 axiyri 100 ming dollarga nomini oşkor qilişni istamagan şaxs tomonidan sotib olindi. Aytilişiça, u Kennedi oilasi bilan boğliq narsalarni töplab boradi.

Heritage Auctions savdo uyi vakillarining xabar qilişiça, prezident limuzini Ford kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan, dizayni esa Hess & Eisenhardt kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.