Permda avariyaviy holatdagi ikki qavatli turar-joy binosi gaz balloni portlaşi oqibatida qisman qulab tuşdi. Hozirça bir kişi jarohat olgani ma'lum qilingan. U şifoxonaga olib ketilgan. Birinçi qavatda yaşaydigan yana bir kişi portlaş kuçi oqibatida oynasidan köçaga uçib çiqqan, biroq şifoxonaga borişdan boş tortgan.
Yana 6 kişi evakuatsiya qilingan.
“9 foiz tanasi kuygan bir kişi bor. Dastlabki taxminga köra, uyning qulaşiga gaz balloni portlaşi sabab bölgan. Uyga gaz quvuridan gaz yetkazilişi rasman töxtatib qöyilgan”, deb aytdi Perm ölkasi gubernatori ma'muriyati boşliği örinbosari Igor Orlov.
Orlovning aytişiça, uy 2008 yilda avariyaviy holatda deb topilgan edi. 2010 yilda uyda yaşovçilar boşqa joylarga köçirila boşlangan. Rasman uyda heç kim turmagan. Biroq, oilalardan biri köçişdan boş tortgan. U yerda bir kişi turgan. Uy bu odam turadigan pod'yezdning boşqa tomonidan qulagan. Gubernatorning taxminiça, uyning qulagan qismida muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan odamlar yaşagan.
Voqea joyida qutqaruv, öt öçiriş xizmatlari, politsiyaçilar, tez tibbiy yordam xodimlari iş olib borişmoqda. Vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bölişi taxmin qilinmoqda.






