Angliya premer ligasida ötgan oyning eng yaxşilari aniqlandi.

Unga köra, "Arsenal" jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger oktabr oyida APLning eng yaxşi boş murabbiyi sifatida tan olindi.

Uning rahbarligida "kanonirlar" oktabr oyida APL doirasida 4ta öyin ötkazdi va barçasini ğalaba bilan yakunladi: "Mançester Yunayted" (3:0), "Uotford" (3:0), "Everton" (2:1), "Suonsi" (3:0). Şuningdek, jamoa YeÇLda "Bavariya"ga qarşi 2ta öyin ötkazdi va birida 2:0 hisobida ğalaba qozonib, ikkinçisida 1:5 hisobida mağlubiyatga uçradi.

Angliya Ligasi Kubogi doirasida ötkazilgan yana bir öyinda "Şeffild Uensdey"dan 0:3 hisobida mağlub bölindi.

Ayni vaqtda, "Arsenal" APLning 12 turidan keyin 26 oçko jamğargan holda "Mançester Siti" bilan birgalikda 1-2 örinlarni bölişib turibdi.