Saudiya Arabistoni Qirolligi 2015 yilgi haj mavsumida Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga Ka'bapöşning bir bölagini sovğa qildi, deb yozadi Muslim.uz portali. Muqaddas kisva(ka'bapöş)ni Qirollikning BMTdagi doimiy vakili Abdulloh Al-Muallimiy topşirdi.
Xalqaro taşkilot boş kotibi Pan Gi Mun tuhfani qabul qilib olar ekan: “Makkai mukarramadan Nyu-Yorkdagi qarorgohimizga yuborilgan bebaho sovğa uçun minnatdorlik izhor etişga izn bergaysiz. Islom madaniyatining bir parçasini saqlaş taşkilotimiz uçun faxrdir.”, - deb, minnatdorçilik bildirdi.
Eslatib ötamiz, ka'bapöş bölagi BMTga ilkbor 1980 yilda hadya qilingan.
Ma'lumot uçun aytib ötmoqçimiz, Ka'bapöş – ellik bölakdan iborat ipak mato bölib, undagi bitiklar tilla suvi yurgizilgan ip bilan tikiladi. U har yil Zulhijja oyining 9-kuni, hojilar Mino vodiysidan Arafot toğiga yöl olgan paytda almaştiriladi. Almaştirilgan Ka'bapöş bir neça bölaklarga bölinib, boşqa davlatlardagi martabali şaxslar va turli xalqaro taşkilotlarga tuhfa sifatida tarqatiladi.






