"Real" hujumçisi Kriştianu Ronaldu 19 mln yevro mablağ evaziga xususiy samolyot xarid qilgan. Bu haqda mundodeportivo.com naşri xabar tarqatdi.

Manbada yozilişiça, uşbu samolyot Israel Aircraft Industries kompaniyasi tomonidan tayyorlangan, u oşxona, uçuvçilar va yölovçilar uçun alohida yuviniş xonalari, şkaflar, telefon, faks va köngiloçar tizimlar bilan ta'minlangan.

Qayd etilişiça, uşbu samolyot 10 kişini olib uçiş imkoniyatiga ega.

Ma'lum qilinişiça, futbolçi bu samolyotda ilk parvozni amalga oşirib bölgan, şu haftada Londonda ötkazilgan, özi haqidagi hujjatli film taqdimotiga şu samolyot orqali uçib borgan.