Sambo böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi Istam Qudratov Marokaşning Kasablanka şahrida ötkazilgan jahon çempionatida ğolib böldi.
74 kg vazn toifasida iştirok etgan navoiylik sportçi Istam Qudratov 2011 yilgi JÇda ham tengsiz bölgandi.
Qayd etiş kerakki, u 2013 yilda Sankt-Peterburgda bölib ötgan JÇda kumuş medal egasi bölgandi.
Ma'lum qilinişiça, Marokaşdagi çempionatda Özbekiston terma jamoasi hisobiga yana 3ta bronza medal qöşilgan: Sattor Ergaşov ( - 52 kg), Sarbon Ernazarov (- 68 kg), Islom Azimov (- 100).






