13 noyabr kuni parijliklar, nafaqat ular, balki butun fransuzlar uçun odatiy kun bölişi kerak edi. Kimdir mehmonga, yana kimdir esa teatr va dam oliş maskaniga, boşqa birov esa futbol köriş uçun yöl oldi. Barçasi odatdagidek ötişi kerak edi, ammo...
Ammo, avtomatning yoqimsiz tarillaşi, şahar böylab kuçli portlaşlardan keyin tinç va çiroyli yaşab kelayotgan parijliklarning közida qörquv soya soldi.
13 noyabrda keçki payt Parijning turli joylarida bir vaqtning özida 6 ta terakt amalga oşirildi. Bosqinçilar Parijning 11-okrugida joylaşgan “Bataclan” konsert zalida 100 dan köproq odamni garovga olgan. Şaharning 10-okrugida joylaşgan “Le Carillon” restorani oldida bir bosqinçi odamlarga öq uzgan.
Frantsuz politsiyasi Parijda bosqinçilar tomonidan odamlar garovga olingan “Bataklan” konsert zalini terrorçilardan ozod qiliş operatsiyasini yakunladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
13 noyabr kuni keçasi Parijda davomli teraktlar yuz bergaç, şahardagi barça öquv muassasalari, Oliy öquv yurtlari, kollejlar va maktablar faoliyati töxtatildi.
IŞID 13 noyabr kuni keçasi Fransiya poytaxti Parij şahrida amalga oşirilgan davomli teraktlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Bu haqda Sky Tg24 kanali xabar tarqatdi.
Ayni vaqtga kelib, fransuz maxsus xizmatlari şaharda davomli teraktlar amalga oşirgan jangarilardan 8 nafari yöq qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda öz manbasiga asoslangan holda, Frans Press naşri xabar tarqatdi.
Fransiya poytaxti Parij şahriga terroristik tahdidlar havfi mavjudligi bois 1,5 ming nafar fransuz harbiylari yetib keldi, deya xabar qildi France24 telekanali Içki işlar vaziri Bernar Kaznev ma'lumotiga asoslangan holda.
Futbol böyiça Fransiya va Germaniya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik öyini (2:0) yakunlanganidan söng tribunalardagi muxlislar "Stad de Frans" stadioni maydoniga çiqib keldi.
Fransiya prezidenti Fransua Olland Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötadigan “Katta yigirmatalik” sammitidagi iştirokini bekor qildi. Bu haqda Euronews telekanali xabar bermoqda.
Nyu-York şahri gubernatori Endryu Kuomo Jahon savdo markazi osmonöpar binosi gumbazi Parijda terroristlar hujumlari oqibatida halok bölganlar xotirasiga hamdardlik ramzi sifatida bir neça kun davomida Fransiya bayroği rangida yoritilişini ma'lum qildi.
Facebook ijtimoiy tarmoğida Parijdagi teraktdan keyin fransiyadagilar özlarining tirik va xavfsiz şaroitlarda ekanini bildirişi uçun alohida funksiya joriy qilindi.
Parijda sodir etilgan qator teraktlarga qaramay, Fransiya aeroportlari yopilmadi, şu bilan birga temir yöl transporti ham öz faoliyatini davom ettirmoqda.
AQŞ razvedkasi Parijdagi qöporuvçilik harakatlari hujumlarning murakkabligiga köra IŞID emas, balki “Al-Qoida” tomonidan taşkil etilgan, deya hisoblamoqda.
Parij şahrida 13 noyabr oqşomida sodir etilgan davomli teraktlar tufayli jarohat olib, şifoxonalarga yotqizilganlar soni 250 nafarga yetdi. Bu haqda prokuraturadagi manbasiga asoslangan holda, Frans Press naşri xabar tarqatgan.
14 noyabr kuni Parijdagi barça rasmiy va munitsipal muassasalar şaharda sodir etilgan qator teraktlar sabab yopildi. Bu haqda Parij merligi ma'lum qilgan.
14 noyabr kuni Parijda sodir bölgan qator teraktlar sabab Fransiyadagi XXR, Turkiya va Italiya elçixonalari Fransiyadagi öz fuqarolariga agar zarurat bölmasa uylaridan taşqariga çiqmasliklarini, jamoat joylarida teraktlarga aloqador har qanday uyuştirilajak tadbirlardan uzoqda bölişliklarini söradi.
Parijda 14 noyabr kuni sodir etilgan turkum teraktlarni “Iroq va Şom islom davlati” terrorçilik taşkiloti öz zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Parij terakti guvohlaridan biri öz mobil telefoni jonini asrab qolgani haqida aytib berdi. iTele naşrida yozilişiça, uning qölidagi telefon öqni qaytarib qolgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi