Jasur Abduraimov boşçiligidagi Özbekiston yoşlar terma jamoasi Toşkentdagi "Jar" stadionida 16 noyabr kuni Belarus U-19 terma jamoasiga qarşi ikkinçi nazorat uçraşuvini ötkazdi.
Jamoalarning özaro dastlabki uçraşuvida özbekistonliklar 1:0 hisobidagi ğalabani qölga kiritgandi. Ikkinçi uçraşuv ham Abduraimov şogirdlari ğalabasi bilan yakun topdi. Bu safar hisob biroz kattaroq köriniş oldi —3:1.
Uçraşuvning birinçi bölimida Behzod Ğanijonov hamda Doston Ibragimov raqib darvozasini bir boradan işğol qilgan bölsa, ikkinçi taymda zaxiradan maydonga tuşgan Suhrob Nurullayev uçinçi golga mualliflik qildi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston yoşlar terma jamoasi kelasi yili Bahraynda bölib ötadigan U-19 yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati final bosqiçiga tayyorlanmoqda.






