Yaman prezidenti Abd-Rabbo Mansur Hodiy mamlakatga yana bir bor qaytib keldi.

Reyter naşri xabariga köra, u mingan samolyot hukumat kuçlari nazorati ostida bölgan Adan aeroportiga qöngan.

U sentabr oyida ham Saudiya Arabistoniga qaytib kelgan, lekin tezda yana qaytib ketişga majbur bölgandi.

Biroz oldinroq, rasmiy Ar-Riyod tez orada Yamandagi fuqaorlar uruşi yakunlanişi haqida ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uçun, Yamanda hukumat va isyonçi husiyçilar örtasidagi qarama-qarşiliklar 2014 yilning avgustidan buyon davom etib kelmoqda. Şu yilning yanvarida husiyçilarning "Ansor Alloh" guruhi Yaman poytaxti bölmiş Sano şahrini işğol qilgan va prezident Abd Rabbo Mansur Hodiyni şahardan haydab çiqargan. Mansur Hodiy Yamandagi ikkinçi yirik şahar Adanga köçib ötgan.

Isyonçilar Adanga ham hujum qilişgaç, u 25 mart kuni Saudiya Arabistoniga boşpana sörab, murojaat qilişga majbur bölgandi.

Şundan keyin, 26 mart kuni uning iltimosiga köra, Saudiya Arabistoni Yamanda qonuniy hukumatni tiklaş maqsadida isyonçilarga qarşi harbiy amaliyotlarga kirişdi. Köp ötmasdan Saudiya Arabistoni boşçilişidagi koalitsiyaga Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, Iordaniya, Marokaş, Misr va Sudan ham kirdi.

Yamandagi qurolli töqnaşuvning bir tomonida “Ansor Alloh” şialar harakatidan isyonçi xusiyçilar va sobiq prezident Salohga moyil bölgan armiyaning bir qismi, boşqa tomonda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiya kuçlari qöllab-quvvatlayotgan, mamlakatdan çiqib ketgan Abd Rabbo Mansur Hodiyning qöşinlari iştirok etmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, töqnaşuvlar qurbonlari 5 mingdan oşib ketgan.