Ma'lumki, IŞID ayni paytda Buyuk Britaniyaga teng hududlarni nazorat ostiga oldi. Suriya va Iroqda u keng miqyosli uruşni bir neça yildan buyon olib bormoqda. Nazorati ostidagi yerlarni bu guruh “xalifalik” deb nomlamoqda. Şu bilan birga, IŞID davlat emas, balki harbiy guruh deb hisoblanadi.
Bu guruh mablağni qayerdan olayotgani bilan jurnalistlar qiziqib körişdi.
Aytilişiça, guruh byudjyetini şakllantiriş xayr-ehsonlar muhim örin tutadi. Dastavval Saudiya Arabistoni va Qatardan çiqqan boylar guruh faoliyatini qöllab-quvvatlab turgan. Ular IŞIDni Başar Asadga qarşi kuraş hamda Suriya sunniylarini asraş yölida pul bilan ta'minlaşgan.
Bugungi kunda esa guruh neft yordamida özini moliyalaştiradigan darajaga yetdi. Amerikalik ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 2014 yili guruh har hafta neft eksportidan bir neça mln dollar işlab topgan, yil oxirida esa umumiy körsatkiç 100 mln dollarni taşkil qilgan. Bu neft kontrabanda yöllari bilan Turkiya va Eron orqali Suriya hukumatiga sotilgan.
Bugungi kunda IŞIDning neft omborlari aviazarbalarga uçrayotgani bois bu daromad manbai biroz tuşkunlikda.
Bundan taşqari, jangarilar odam olib qoçişdan ham daromad olişadi. 2014 yilda öğirlangan odamlar uçun tölangan tovon pullari guruhga 20 mln dollar keltirgan.
IŞID unining nazorati ostidagi hududdagi odamlardan talonçilik va tama yöli bilan har oy bir neça mln dollar oladi. Bu hududlarda istiqomat qiluvçi diniy kamçiliklar tegişli soliqqa tortiladi.
Şuningdek, öğirlangan qizlar va ayollarni jinsiy qullikka sotiş jangarilarga mömay daromad keltiradi.






