Osiyo-Tinç okeani sammiti doirasida AQŞ prezidenti Barak Obama xitoylik tadbirkor, milliarder va Alibaba Group (Aliexpress internet-maydoniga egalik qiladi) direktorlar kengaşi raisi Jyek Maga bir neçta savol bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Suhbat jarayonida Obama Madan davlat biznesini rivojlantirişi uçun yoş tadbirkorlarga qanday qilib yordam berişi mumkinligini söradi. “Davlat bilan hammasi oddiy: ular uçun soliqlar miqdorini kamaytiriş yoki butunlay bekor qiliş kerak”, - dedi xitoylik tadbirkor. Davomidan Jyek Ma Alibaba Group`ning yangi bozorlar, jumladan, Braziliya va Rossiyaga sarmoya kiritiş töğrisidagi rejalariga töxtalib ötdi.

Şuningdek, Jyek Ma Alibaba Group olti yil davomida har yillik daromadining 0,3 foizini global iqlim özgarişi muammolarini yeçişga qaratilgan izlanişlarni olib borayotgan yoş olimlarga kömak körsatiş uçun ajratişini ma'lum qildi.