“Darakçi” gazetasi taniqli qöşiqçi va boşlovçilarning töydagi xizmatlari tantana egalariga neça pulga tuşişi haqida material e'lon qildi. Unda köplab san'atkorlarning xizmat haqlari “şartli birliklar”da körsatildi. Bunday öziga xos tadqiqot natijalari ham naşrning saytidagi ovoz beriş, ham naşr xodimlari ötkazgan suriştiruv natijalariga köra e'lon qilindi.
Ma'lum bölişiça, san'atkorlar orasida birinçi örinda Ozodbek Nazarbekov turibdi. Uning “birrov” töyda körinişi 1.2-1.5, “navbatçi”ligi esa 7-10 “şartli birlik” bilan baholangan. Ikkinçi va uçinçi poğonalarni band qilgan Jahongir Otajonov va Nasiba Abdullayevalarning bu körsatkiçlari esa, muvofiq ravişda, 2-2.5, 1.5 va 4-5, 3.5-4 qilib belgilandi.
Şuningdek, qöşiqçilar Botir Qodirov va Sardor Mamadaliyevlarning “stavkalari” ança balandligi materialdan ma'lum böldi.
Boşlovçilar içida esa kuçli uçlikni Dilnoza Kubayeva (1), Dildora Rustamova (0.4) va Davron Kabulovlar (0.4) egalladilar.
Şuningdek, töylardagi navbatçiliklarni hozir asosan 3 yoki 4 nafar yigit-qizlardan iborat guruhlar olib borayotgani va ularning belgilangan qiymatlari hamyonbopligi aytildi. Köpinça taniqli xonandalardan köra yoşlardan iborat yangi guruhlarga murojaat qiliş töy egalariga osonroq bölmoqda.
Guruhlar içida eng “qimmati” “San'at” guruhi bölib, uning reytingi 1.5 “şartli birlik”ka baholandi. Keyingi “sovrinli” örinlarni “Şarq” (1.2) va “Karavan” (1) guruhlari zabt etdi.
San'atkorlarning “stavkasi” haqidagi töliq ma'lumotlarni quyidagi röyxatdan bilib olişingiz mumkin böladi:
Ozodbek Nazarbekov
Birrov: 1,2—1,5 «şartli birlik»
Navbatçi: 7—10 «şartli birlik»
Jahongir Otajonov
Birrov: 2—2,5 «şartli birlik»
Navbatçi: 4—5 «şartli birlik»
Nasiba Abdullayeva
Birrov: 1,5 «şartli birlik»
Navbatçi: 3,5—4 «şartli birlik»
Şahzoda
Birrov: 1 «şartli birlik»
Rayhon






