Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Suriya prezidenti Başar Asad va uning hukumatini IŞID jangarilaridan neft sotib olişda aybladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Bugungi kunda mintaqadagi barça terrorçilik taşkilotlari bilvosita yoki bevosita Asad manfaatlariga xizmat qilmoqda. Asad tuzumi IŞID terrorçilik guruhini qöllab-quvvatlamoqda. Ayni paytda Asad IŞIDdan neft sotib oliş va sotiş bilan şuğullanmoqda. Buni körmaslik uçun kör böliş kerak. Bu yaqqol bilinib turibdi”, deb aytdi Erdöğan.
Bundan taşqari, Erdöğanning aytişiça, Asad hukumati davlat terrori siyosatini yurgazmoqda.
“Yuz berayotgan bugungi gumanitar falokat va teraktlarning boş aybdori özining 380 ming fuqarosini yöq qilib yuborgan Asad tuzumi hisoblanadi. Ular faqatgina statistika emas, ular jonlar va odamlar. Biz Asadning ketişi yoki ketmasligi haqida davom etayotgan bahslar özida Suriya xalqi va butun insoniyat uçun qanday noma eltişini aniq anglaşimiz kerak”, deb aytdi Erdöğan.






