2015 yilning 19 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Finlyandiyaning favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Xelsinki şahrida) Niklas Lindkvist bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIVning matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Suhbat çoğida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning holati va ustuvor yönalişlari körib çiqildi, şuningdek mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuvda taşqi işlar vazirliklari örtasida muntazam maslahatlaşuvlar ötkaziş amaliyotini davom ettiriş, ikki mamlakat parlamentlari, davlat tuzilmalari, biznes doiralari örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni mustahkamlaşdan tomonlarning özaro manfaatdorligi ta'kidlandi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni çuqurlaştiriş istiqbollarini muhokama qiliş doirasida, 5-6 noyabr kunlari Toşkent şahrida jahonning 33 mamlakatining, şu jumladan Finlyandiyaning, 250dan ortiq yetakçi kompaniyalari, iqtisodiy va moliyaviy birlaşmalari vakillari iştirok etgan Xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli yakunlari haqida Finlyandiya tomoni xabardor qilindi.

TIVdagi uçraşuvda Özbekiston va Finlyandiya soğliqni saqlaş muassasalari, ilmiy va ta'lim taşkilotlari hamkorligi yuzasidan takliflar ham körib çiqildi.